Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusining Pedagogika kafedrasi dotsentlari, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Karshiyeva Dilnoza Utkirjonovna hamda Suvanova Kamola Raimqul qizi tomonidan yangi darslik nashr etildi.

📘 Maskur darslik “60110100 – Pedagogika” barcha yo‘nalish talabalari uchun mo‘ljallangan.

Ushbu darslikda:
🔹 o‘qituvchi shaxsining kasbiy fazilatlari, pedagogik faoliyatning nazariy va amaliy asoslari
🔹 pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari, nutq texnikasi va notiqlik madaniyati
🔹 pedagogik muloqot va takt, ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, zamonaviy ta’lim va tarbiya texnologiyalarini qo‘llash masalalari ilmiy-metodik jihatdan yoritilgan.