Tojikistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Dushanbe davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Mazkur uchrashuv Iqtisodiyot va pedagogika universitetining Samarqand kampusi  Psixologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri F. Usmonov, kafedraning xalqaro aloqalar bo‘yicha mas’uli A. Urunov hamda Dushanbe davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Sharifzoda Nurillo o‘rtasida rasmiy va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida:
🔹 professor-o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
🔹 talabalar almashinuvi dasturlarini tashkil etish kabi masalalari  yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.