“Oliy ta’limda ilmiy-tadqiqot va ta’lim integratsiyasi” mavzusida tashkil etilgan seminarning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi.

Seminarda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya rahbari, fan doktori Toshnazarov Jasur Yo‘ldoshevich hamda institut a’zosi, falsafa doktori Karimov Nozimjon Alijonovich ishtirok etdilar.

Seminar davomida:
— Ilmiy-tadqiqot va ta’lim integratsiyasining ahamiyati
— Zamonaviy integratsiya modellari
— Talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish mexanizmlari
— Ilmiy natijalarni ta’lim jarayoniga joriy etish usullari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashib, bunday seminarlar ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Yil banneri

2026 год – Год развития махалли и повышения уровня общества