Amaliyot jarayonida talabalar institutning ilmiy xodimlari rahbarligida tarixiy obidalarni tiklash va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishib, ushbu jarayonlarni amaliy tarzda o‘rganmoqdalar. Shuningdek, ular olib borilayotgan restavratsiya ishlarida bevosita ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda. Quvonarlisi shundaki talabalar orasida kelajakda aynan shu yo‘nalishda faoliyat yuritish istagini bildirayotgan yoshlar ham bor. Bu esa ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi va intilishlari ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yil banneri

2026 год – Год развития махалли и повышения уровня общества