Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusida xalqaro ilmiy seminar o‘tkazildi.
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi Psixologiya va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan nufuzli xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda Eron Islom Respublikasi, Tehron universiteti professori Morteza Khanipur ishtirok etib, “Climate Change and Human Resilience: Neolithic Responses to the 8.2 ka Event in Southern Iran” mavzusida ma’ruza qildi.
Seminar davomida iqlim o‘zgarishi, insoniyatning qadimgi davrlardagi moslashuv jarayonlari hamda Janubiy Eron hududidagi neolit davriga oid ilmiy tadqiqotlar yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur ilmiy uchrashuv tarix yo‘nalishi magistrantlari, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yuqori ilmiy saviyada o‘tib, qizg‘in savol-javoblar va fikr almashuvlarga boy bo‘ldi.
Oʼzbekcha
English
русский