Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusida buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Har bir chiqishda Amir Temurning hayoti, uning dono siyosati hamda yurt taraqqiyoti yo‘lidagi buyuk xizmatlari yoritib berildi. Talabalar o‘z chiqishlari orqali tarixiy bilimlarini namoyon etib, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini ifoda etdilar. Tadbir yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Mazkur tadbir yoshlar qalbida buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Oʼzbekcha
English
русский